» » O‘zbekistonlik er-xotin Qozog‘istonda qullikka majburlandi (video)

O‘zbekistonlik er-xotin Qozog‘istonda qullikka majburlandi (video)


Qozog‘istonning Jambil viloyatida o‘zbekistonlik oila mahalliy fermer tomonidan qullikka majburlandi, deb xabar beradi Repost.

Er-xotin hovlidagi ishlarni bepul bajargan, ular hatto kaltaklangan.

Bunday hayotga chidashga ortiq sabri qolmagan er-xotin bu haqda jurnalistlar bilan uchrashgan sut sotuvchisiga so‘zlab bergan. Natijada fermada politsiya tekshiruv o‘tkazgan.

Er-xotin Sharipovlar bunday hayotdan qochib ketolmaganini aytadi.

Qayd etilishicha, ular avval ham mahalliy fermernikida qonuniy tarzda ishlagan. Er-xotinning aytishicha, fermerlar insoniy qiyofasini yo‘qotib, ulardan hujjatlarini tortib olgan, oylik maosh o‘rniga esa ularni doimiy ravishda kaltaklagan.

Tekshiruvlar natijasida Sharipovlar noqonuniy muhojirlar ekanligi aniqlandi. Ular migratsiya nazoratini buzganligi uchun 30 sutkaga qamaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют