» » Bosh prokuratura: Toshkentda bog‘cha tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura: Toshkentda bog‘cha tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Joriy yil 8-oktabr kuni soat 10:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-sonli bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tumandagi 433-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 7 nafar tarbiyalanuvchisi “O‘tkir ichak diareyasi” tashxisi bilan yotqizildi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning ahvoli hozirda qoniqarli holatda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.

Tekshiruvlar natijasida yana 30 nafar tarbiyalanuvchida ovqatdan zaharlanish aniqlandi.

Tuman Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazining xulosasida muassasaga 2018-yil 3-avgust kuni ko‘p miqdorda sariyog‘ mahsuloti olib kelinib, hozirgi kunga qadar iste’molda foydalanib kelingani, taomnoma bo‘yicha ikkinchi ovqat uchun foydalaniladigan teftel yo‘riqnoma qoidalariga zid ravishda tayyorlangani, eskirgan oshxona jihozlaridan foydalanib kelingani, ikkinchi muzlatgich nosoz holda ekanligi, barcha oziq-ovqat mahsulotlari bir muzlatgichda saqlanayotgani ko‘rsatilgan.

Muassasada mavjud oziq-ovqat mahsulotlari va suvdan namunalar olinib, ekspertizaga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 8-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют