» » O‘zbekistonda ilk marta qor qoploni — ilvirs bolalari topildi (foto)

O‘zbekistonda ilk marta qor qoploni — ilvirs bolalari topildi (foto)


O‘zbekistonda ilk marta qor qoploni — ilvirs bolalarini uchratishdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ikki ilvirs bolasi Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida sentabr oyida o‘tkazilgan qo‘riqlash tadbirlari davomida  topilgan.

“Bu yirik yirtqichlarning O‘zbekiston hududida ko‘payayotganini isbotlovchi ilk dalildir”, — deyiladi O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Facebook’dagi sahifasida.

Jonivorlardan birining orqa oyog‘ida tashqi ko‘rinishidan tishlab olinganga o‘xshash ochiq yara borligi aniqlangan. Uning ahvoli veterinarlar tomonidan qoniqarsiz deb baholangan. “Kun.uz”ning yozishicha, ularning onasi ovdan qaytmagan bo‘lishi mumkin.

Mushukchalar Toshkent hayvonot bog‘iga reabilitatsiyaga jo‘natilgan. Shundan so‘ng ular yovvoyi tabiatga qo‘yib yuboriladi.

Ma’lumot uchun, Hisor davlat qo‘riqxonasiga 1983-yilda asos solingan. U Markaziy Osiyodagi eng katta qo‘riqxona bo‘lib, maydoni 80986,1 ga teng. U to‘rt qismga bo‘lingan: G‘ilon, Miroqi, Tanxozdaryo va Qizilsuv. Qo‘riqxonada O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan noyob jonivorlar, jumladan, Amudaryo gulbalig‘i, boltayutar, qumoy, oq boshli qumoy, qora laylak, oq bovur, kichik taqaburun, Turkiston silovsini yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют