» » Dinimizda mushkulkushod bormi?

Dinimizda mushkulkushod bormi?


“Muslimaat.uz” islom dinida mushkulkushod o‘tkazilishiga bo‘lgan munosabat haqida ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Savol: “Shayx hazratlari, bizni sizday olim inson bilan zamondosh etgan Alloh taologa hamdlar bo‘lsin. Men bozorchiman, bizning bozorda odamlar har seshanba ertalab bozorga bitta yoki ikkita xaltada bo‘g‘irsoq keltirib, ko‘ringan odamga ‘Tatinglar, mushkulkushoddan kelyapman’, deb ozginadan tarqatib chiqadilar. Savdogarlar ichida ‘Savdomiz yaxshi, mushkulimiz oson bo‘lsin’, deb borib-keladiganlar ham bor. Dinimizda mushkulkushod bormi?”

Javob: Dinimizda siz aytib o‘tgan mushkulkushod yo‘q. Umuman, undan boshqa ham mushkulkushodlar yo‘q. Mushkullarni faqat Alloh taoloning O‘zigina oson qiladi.

Shuning uchun har bir banda barcha narsada, jumladan, mushkulini oson qilishda va bozorning yurishishida faqat Alloh taoloning O‘zidan yordam so‘rashi lozim.

Hayotida baraka bo‘lishini, rizqining keng bo‘lishini istagan kishilarga Nabiyimiz alayhissalomning hadisi shariflarida yetarli tavsiyalar bor. Keling, ulardan ayrimlarini eslatib o‘taylik.

Soxr G‘omidiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: ‘Allohim! Ummatimga tongida baraka bergin!’ dedilar. U Zot biror sariya yoki qo‘shin yuborsalar, erta tongda yuborar edilar. Soxr tojir odam edi. Qachon tijorat yuboradigan bo‘lsa, erta tongda yuborar edi. U boy bo‘lib, mulki ko‘payib ketdi”. Termiziy rivoyat qilgan va “Hasan” degan.

Bu rivoyatda tongda baraka bo‘lishiga Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning duolari ketgani va uning samarasi, ayniqsa, tijorat ishida tajribadan o‘tgani ta’kidlanmoqda.

Ushbu hadisning roviyi Soxr G‘omidiy o‘zlari rivoyat qilgan hadisga og‘ishmay amal qilganlari tufayli boyib ketgan ekanlar.

Har bir narsada erta sahardan harakat qilish juda ham foydali va barakotli. Chunki bunga Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallamning duolari ketgan. Tajriba ham shuni ko‘rsatadi. Nima ish qiladigan bo‘lsak, erta sahardan boshlashga odatlanishimiz kerak.

Kasb qilishdan murod rizq topishdir. Rizq topishga harakat qilgan har bir odam iloji boricha oson yo‘l bilan ko‘proq rizq topishni xohlaydi. Har bir odam ham rizqi keng va mo‘l bo‘lishini xohlaydi. Xo‘sh, bu orzuga erishishning yo‘li qandoq?

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ‘Kim rizqining keng bo‘lishini yoki umrining uzoq bo‘lishini yaxshi ko‘rsa, silai rahm qilsin’, dedilar”.

Buxoriy rivoyat qilgan.

Demak, ota-onaga, qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish rizqning keng, umrning uzoq bo‘lishiga sabab bo‘larkan.

Mo‘min-musulmon banda boshqalarning moddiy yordami evaziga kun kechirishga, tekinxo‘rlikka va shunga o‘xshash ishlarga intilmasligi, o‘z mehnati bilan rizq topishga harakat qilishi lozim. Vallohu a’lam.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют