» » “O‘zbekneftgaz” AJ va Hindistoning ONGC Videsh Limited kompaniyasi hamkorlik bitimini imzoladi

“O‘zbekneftgaz” AJ va Hindistoning ONGC Videsh Limited kompaniyasi hamkorlik bitimini imzoladi


“O‘zbekneftgaz” AJ Hindistonning yirik neft-gaz korporatsiyasi hisoblanmish ONGC’ning ONGC Videsh Limited sho‘ba kompaniyasi bilan hamkorlik bitimini imzoladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 30-sentabr — 1-oktabr kunlari Hindistonga davlat tashrifi arafasida o‘tkazilgan biznes forumda ishtirok etdi. Mazkur forumda O‘zbekistonning davlat idoralari va biznes hamjamiyatining 100 dan ortiq vakillari qatnashdi. Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati vakillari “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida Nyu-Delida o‘tkazilgan Milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida ham ishtirok etdilar.

Tashrif doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ vakili ONGC Videsh Limited kompaniyasining geologik qidiruv ishlari bo‘yicha direktori Sudxir Sharma bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi sarmoyaviy bloklarda geologik qidiruv ishlarini olib borish borasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar Hamkorlik bitimi va Maxfiylik shartnomasini imzolash borasida qaror qabul qildi. Mazkur hujjatlarga ko‘ra, 4 oy mobaynida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi sarmoyaviy bloklari to‘g‘risida axborot almashib, uni zamonaviy dasturiy ta’minot mahsulotlari yordamida o‘rganib chiqadilar va ONGC Videsh Limited kompaniyasi tajribasi bilan batafsil tanishib, hamkorlik bo‘yicha aniq takliflarni birgalikda ishlab chiqadi.

Ta’kidlash joiz, 1965-yilda tashkil etilgan ONGC Videsh Limited kompaniyasi Hindistonning Milliy neft va tabiiy gaz korporatsiyasiga qarashli sho‘ba kompaniya va chet el bo‘limi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 14) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют