» » Ozbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qayerda qurilishi malum boldi

Ozbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi qayerda qurilishi malum boldi


Ozbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi (AES) Todakol Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasida joylashgan Todakol suv ombori yaqinida quriladi. Bu haqda bugun, 9-oktabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida bolib otgan seminarda malum qilindi, deb xabar beradi Daryo muxbiri Sevara Nishonova.

Mamlakat hududidagi ilk AES Rossiyaning Rosatom korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etiladi. Nima uchun ushbu yonalishda aynan Rossiya bilan hamkorlik qilinmoqda? Ushbu savolga Ozbekiston Fanlar akademiyasi yadroviy fizika instituti direktori orinbosari Ilhom Sodiqov quyidagicha javob berdi:

AES qurish masalasi kotarilganida biz bir qancha mamlakatlardagi atom elektr stansiyasi qurish bilan shugullanuvchi kompaniyalar faoliyatini organdik. Ulardan biri, masalan, Xitoy va Kanada. Shular qatorida Rossiyaning Rosatom korporatsiyasi ish jarayoni ham organildi. Biz AES qurish uchun hamkor sifatida Rosatom kompaniyasini tanlashimizga sabab hozirgi kundagi eng rivojlangan, eng xavfsiz deb hisoblangan 3+ avlodidagi yadro reaktorlari asosida qurilgan atom elektr stansiyalarini faqat Rosatom korporatsiyasi barpo etmoqda. Bu kompaniya butun dunyo boyicha yagona hisoblanadi. Bundan tashqari, Rossiyaning taklifi Kanadaga nisbatan ancha arzonligi bilan ajralib turdi.

Ilhom Sodiqovning malum qilishicha, dastlab AES uchun Ozbekiston boylab 70 ta maydon, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari Fargona vodiysi hamda Surxondaryo viloyatidagi nuqtalar organilgan, shu yilning mart oyida 10 ta hudud tanlab olingan. Shundan song mutaxassislar Todakol koli variantida toxtashga qaror qilgan.

Todakol AES qurilishi uchun zarur resurslar yetkazib berilishiga eng qulay, xavfsizlik jihatidan eng maqul joy, deydi Ilhom Sodiqov.

Ilhom Sodiqov shuningdek, Ozbekistonda AES qurish uchun turtki bolayotgan omillarga ham toxtalib otdi:

Dunyo hamjamiyati ushbu muammoning yechimini atom energetikasi ulushining jadal rivojlanishi bilan boglamoqda.

2018-yilning 7-sentabr kuni Moskvada Ozbekiston Respublikasi va Rossiya federatsiyasi ortasida Rossiya loyihasi boyicha AES qurishda hamkorlik togrisida hukumatlararo bitim imzolandi.

Ozbekistonda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi: Rossiya tajribasi va ilgor texnoligiyalar deb nomlangan seminar uch kun 911-oktabr kunlari otkaziladi. Unda Atom energiyasi boyicha xalqaro agentlik va Rossiya Rosatom davlat korporatsiyasi vakillari soha yuzasidan ozbekistonlik mutaxassislar bilan ozaro fikr almashadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-10-2018, 17:12)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
:
-
:
20 ... -