» » Gaz idorasi xodimi MIB inspektoriga pora taklif qildi

Gaz idorasi xodimi MIB inspektoriga pora taklif qildi


Toshkent shahrida gaz idorasi xodimi Majburiy ijro byurosi inspektoriga pora berish paytida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga idora vakillari ma’lum qildi.

5-oktabr kuni Shayxontohur tuman prokuraturasi hamda MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda inspektor J. Haydarovning bildirgisiga asosan uning xizmat xonasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman 6-gaz uchastkasi muhandisi N.G‘. bir qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga inspektorga 800 ming so‘m bergan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan N.G‘.ga nisbatan JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют