» » Samarqandda 4 tonna rangi metallni noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

Samarqandda 4 tonna rangi metallni noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi


Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Tayloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 4 tonnadan ortiq rangli metallarni noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

“Qashqadaryo – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan S.N. boshqaruvidagi “Kamaz-5320” rusumli avtomashina Qashqadaryodan Toshkent shahriga bo‘sh holda yo‘l olganligi, avtomashina yuk xonasining ichki ko‘rinishi biroz tor ekanligi qonun himoyachilariga shubha uyg‘otgan.

Bojxona xodimlari xolislar ishtirokida avtomashina yuk xonasini tekshirishganda, maxsus tayyorlangan yog‘och taxtalar ortida 80 ta polietilen qoplarda 4 tonnadan ortiq rangli metall parchalari borligi aniqlandi.

Tekshiruv natijasida fuqaro S.N. yashirincha salkam 18 million so‘mlik 1897 kilogramm mis va 2617 kilogramm rux metalli parchalarini noqonuniy olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Rangli metall “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ Samarqand filialiga topshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomashina haydovchisi metall parchalarini yukxonaga yog‘och ostiga yashirmoqchi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют