» » Sherzod Kudbiyev xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan muzokara o‘tkazdi

Sherzod Kudbiyev xalqaro mehnat tashkiloti vakillari bilan muzokara o‘tkazdi


7-oktabr butun dunyoda munosib mehnat faoliyatini ta’minlash kuni sifatida nishonlanadi, deb xabar beradi Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Salkam 20 yil avval Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Munosib mehnat konsepsiyasini qabul qilgan bo‘lib, mazkur hujjat:

- ish o‘rinlarini yaratish va samarali bandlikni ta’minlash;

- xavfsiz sharoitlardagi mehnat va faol, maqsadli ijtimoiy himoya;

- mehnat kafolati va huquqlarini ta’minlash, mehnat qonunchiligini rivojlantirish va takomillashtirish;

- mehnat munosabatlari ishtirokchilarining ijtimoiy muloqoti va ijtimoiy hamkorligi singari 4 ta strategik vazifani o‘z ichiga olgan.

8-oktabr kuni Toshkentda ushbu masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida vazir Sherzod Kudbiyev XMT mas’ul xodimlari – Kari Tapiola, Anton Xauzen, Oksana Lipkanu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda munosib mehnat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi dasturini amalga oshirish jarayonlariga, O‘zbekistonning XMT bilan konstruktiv, shu jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha hamkorligiga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan munosib mehnat konsepsiyasi doirasida bolalar va ayollar mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Joriy yilning dekabr oyida XMT Bosh direktori Gay Rayder ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida munosib bandlikni ta’minlash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” Xalqaro konferensiya masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari aholi bandligi, munosib mehnati va ijtimoiy himoyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning jadal sur’atda olib borilayotganini qayd etishdi. Xususan, inson kapitalini rivojlantirishga asoslangan innavatsion rivojlanish strategiyasi, 2018-yilgi paxta hosilini terib olish mavsumi davomida majburiy mehnatga jalb qilish holatlarining XMT xalqaro ekspertlari va huquq himoyachilari ishtirokida monitoringi qabul qilinganiga alohida urg‘u berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют