» » Saudiya Arabistoni bu yilgi Umra ziyoratchilari sonini oshkor qildi

Saudiya Arabistoni bu yilgi Umra ziyoratchilari sonini oshkor qildi


Saudiya Arabistoni Haj va umra ishlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil berilgan Umra vizalari soni 282 124 tani tashkil etdi, ulardan 96 028 ziyoratchi Qirollikka kelib bo‘lgan. Bu haqda “Islom.uz” nashri xabar bermoqda.

87 232 nafar Umraga kelganlardan 65 967 nafari Makka shahrida va 21 265 nafari Madina shahrida bo‘lib turibdi.

ArabNews nashrining xabar qilishicha, ziyoratchilar orasida eng ko‘p Pokiston (46 202), Hindiston (25 580), Indoneziya (5 853), Shri Lanka (2 663) va Iordaniya (2 585) fuqarolari bor.

O‘tgan yili Umra amallarini ado etish uchun xorijdan jami 19 million 796 musulmon tashrif buyurgan.

Avvalroq Jidda aeroporti bosh direktori, aeroport orqali 10 milliondan ziyod Umra ziyoratchisini kutayotganligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют