» » Toshkentda alimentdan qarzdor kishi voyaga yetmagan farzandlari uchun sobiq xotiniga 200 mln so‘m to‘ladi

Toshkentda alimentdan qarzdor kishi voyaga yetmagan farzandlari uchun sobiq xotiniga 200 mln so‘m to‘ladi


Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor M.Sobirovdan undiruvchi N.Sobirovaning foydasiga 204 million so‘m undirib berdi. Bu haqda Repost Majburiy ijro byurosi vakiliga tayanib ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, qarzdor bir qancha muddat aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Oqibatda 4 milliondan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan. Qarzdor 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun voyaga yetguncha bo‘lgan miqdor 204 million so‘m aliment pullarini oldindan to‘lashga qaror qildi.

Byuroning ma’lum qilishicha, ayol oldindan to‘langan pullarga o‘zi va farzandlari uchun uy sotib oldi. Bunga qadar ota-onasining 2 xonali uyida qisilib yashayotgandi.

Xabarda aytilishicha, bunday hol juda kamdan-kam kuzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют