» » O‘zbekiston bozorlarida narx-navo arzonlashdimi?

O‘zbekiston bozorlarida narx-navo arzonlashdimi?


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom ettirgan holda, O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2018-yil 7-oktabr holatidagi narxlarini e’lon qildi, deb yozadi O‘zA.

Mol go‘shti

26 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha 

Mamlakat bozorlarida 1 kg mol go‘shti 26 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlar yana Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu haftada 1 kg mol go‘shtining narxi 26 ming so‘mdan sotilmoqda. O‘tgan haftada 28 ming so‘m edi.

Eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob” bozorida – 1 kg mol go‘shti 36 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha 

Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida bir necha haftadan buyon qimmat narx saqlanib kelayotgan edi. Gap shundaki, ushbu bozorda go‘sht narxi arzonlashmadi, biroq Yangi shahar bozori (Andijon)da qo‘y go‘shtining narxi qimmatlashdi – 1 kg qo‘y go‘shti 42 000 so‘mdan 43 000 so‘mgacha.

Eng arzon narxlar o‘tgan haftadagidek, poytaxtning “Qo‘yliq”, “Mirobod”, “Chorsu”, “Farhod” bozorlarida uchratish mumkin – 1 kg qo‘y go‘shti narxi 28 000 – 39 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan 29 000 so‘mgacha 

Eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 18000 – 19000 so‘m.

Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida – 12000 – 14000 so‘m.

Poytaxt bozorlarida 1 kg tovuq go‘shti o‘rtacha 15 000 so‘mdan iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Guruch

4 200 so‘mdan 13 000 so‘mgacha 

Respublika bozorlarida guruchni o‘rtacha narxda 5000—10 000 so‘mgacha uchratish mumkin.

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida  – 5000 – 13 000 so‘m

Eng arzon narx Mirobod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 4200 – 9000 so‘m

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha 

Mamlakat bozorlarida 1 kg o‘simlik yog‘i 8 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000—9000 so‘m.

Eng qimmat narxlar Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori – 9000—12 000 so‘m.

Un

1 900 so‘mdan 4 500 so‘mgacha 

Eng arzon narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida – 1 kg 1-navli un 1900 so‘mdan 2600 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob” bozorida – 3500 – 4500 so‘m.

Shakar

4 100 so‘mdan 5 500 so‘mgacha 

O‘tgan haftadagi narx saqlanib qoldi.

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 5000—5500 so‘m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida – 4100 – 4750 so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan 700 so‘mgacha 

Bu haftada Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumining narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida – 700 so‘mgacha.

Eng arzon narx Farhod dehqon bozorida – 350 so‘mdan 550 so‘mgacha.

Kartoshka

1 300 so‘mdan 3 000 so‘mgacha 

Kartoshka mamlakat bozorlarida o‘rtacha 1500 – 2000 so‘mdan sotilmoqda.

Bu haftadagi kuzatishlarda ham Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da ushbu mahsulot 1300 so‘mdan 2500 so‘mgacha sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 3000 so‘mgacha.

Pomidor 

1 500 so‘mdan 8 000 so‘mgacha 

Bu galgi kuzatishlarda mamlakat bozorlarida pomidor narxi biroz arzonlashgani sezildi.

Eng arzon narx Farg‘ona markaziy dehqon bozori – 1500 so‘mdan 4000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Chorsu dehqon bozorida  – 3000 – 8000 so‘m.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют