» » O‘zbekistonda bepul maslahat portali yaratilmoqda

O‘zbekistonda bepul maslahat portali yaratilmoqda


O‘zbekiston Adliya vazirligi va Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi elchixonasi hamkorligida “Advice.uz” yagona axborot portalini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu portal fuqarolarga tadbirkorlik, ijtimoiy va huquqiy himoya bo‘yicha turli masalalarda bepul maslahat beradi, deb yozadi O‘zA.

Mazkur loyihani muvaffaqiyatli ishga tushirish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasining London shahriga amaliy tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida aholiga maslahat berish bo‘yicha Buyuk Britaniyaning eng yaxshi amaliyoti o‘rganildi, Citizens Advice tarmog‘idagi tashkilot va departamentlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 1939-yildan buyon faoliyat yuritayotgan mazkur tarmoq Birlashgan Qirollikdagi 316 mustaqil xayriya tashkilotini o‘zida birlashtiradi. Hozirgi kunda u fuqarolarga telefon, elektron aloqa, internet tarmog‘i, Webchat xizmati va Citizens Advice jamoatchilik sayti orqali bepul axborot va maslahatlar berib kelmoqda. O‘zbekistonda ushbu tarmoqning muqobil shaklini yaratish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Adliya vazirligi mutaxassislari britaniyalik hamkasblarini “Advice.uz” Yagona axborot portali loyihasi bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, Fuqarolar maslahatlari byurosi milliy uyushmasi (National Association of Citizens Advice Bureux – NACAB) vakillari ham delegatsiya a’zolariga uyushma faoliyatini yuksak baholagani uchun minnatdorlik izhor qildi va “Advice.uz” loyihasini amalga oshirishda axborot va ekspert ko‘magi ko‘rsatish orqali yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, “Advice.uz” portalini yaratishda britaniyalik vakillar ishtirokiga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniya poytaxtiga navbatdagi tashrifi davomida bu borada tegishli hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют