» » O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT HRKning navbatdagi majlisida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT HRKning navbatdagi majlisida ishtirok etadi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining (ShHT HRK) navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 11—12-oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.

Majlisning kun tartibidan savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari, ularni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishning borishi, ShHT doirasidagi loyihalash faoliyatini moliyaviy ta’minlash mexanizmlari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumat rahbarlari, shuningdek ShHT Ishbilarmonlar kengashi hamda Banklararo birlashmasi faoliyati, tashkilotning 2019-yil uchun budjeti, ShHT HRK keyingi majlisi muddati va joyini muhokama qiladi, mazkur masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют