» » Shavkat Mirziyoyev Yelisey saroyida Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Yelisey saroyida Emmanuel Makron bilan uchrashdi


9-oktabr kuni Yelisey saroyida  Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga Fransiyaga taklifi hamda O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston ishonchli va istiqbolli sherik bo‘lgan Fransiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganini alohida ta’kidladi.

Fransiya rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropadagi birinchi mamlakati ekanini qayd etib, ikki mamlakatni Amir Temur va Fransiya qiroli Karl VI davridan buyon o‘rnatilgan o‘zaro hurmat va savdo aloqalari bog‘lab turganiga e’tibor qaratdi.

Davlat rahbarlari mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim sharti sifatida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini yana bir bor ta’kidlab, bunda oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan mojaroning barcha tomonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy muloqotni ta’minlash ushbu muammoni hal etishning birdan bir yo‘li ekanini qayd etdi.

Keyingi yillarda siyosiy muloqot faollashgani va bundan buyon muntazamlik kasb etishi lozimligi ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Fransiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga alohida ahamiyat qaratildi. O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda madaniyat va san’at, turizm, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlat rahbari O‘zbekistonga kelayotgan fransiyalik turistlarga nisbatan vizasiz tartib joriy etilgani va Fransiya bu borada Yevropaning birinchi mamlakati bo‘lganini ta’kidladi.

Iqtisodiyot, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, turizm kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida O‘zbekistonda Strasburg universiteti va Panteon Sorbonna universiteti Parij akademiyasi filiallarini ochish borasida kelishuvlarga erishildi.

Mamlakat tarixiy va madaniy merosiga ulkan qiziqishni hisobga olib, 2021-yilda Luvr muzeyida O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazish xususida kelishuvga erishildi. Bu MDH mamlakatlaridan biriga bag‘ishlab Luvrda o‘tkaziladigan ilk shunday tadbir bo‘ladi.

Tashrif davomida avtomobil transportida tashish, turizm, harbiy-texnikaviy hamkorlik, texnik ko‘mak, kosmosni tadqiq etish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat va boshqa sohalarga oid 10 hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Muzokaralar yakunida hujjatlar o‘zaro almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют