» » Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 2 mingdan oshdi

Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 2 mingdan oshdi


Indoneziyada zilzila va sunami qurbonlari soni 2 010 kishiga yetdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq 1 944 kishi halok bo‘lganligi va taxminan 5 ming kishi bedarak yo‘qolganligi xabar qilingan edi. Indoneziya qutqaruv xizmatlari 11-oktabr kuni jasadlarni qidirish ishlarini to‘xtatishi ma’lum qilindi.

Jasadlarning barchasi ommaviy dafn etilgan. 83 mingdan ortiq odam vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda, 67 mingdan ortiq turar-joy vayron bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida 11 mingga yaqin odam jarohat olgan.

Shuningdek, mamlakat yer silkinishi oqibatlarini bartaraf etishda ko‘mak ko‘rsatayotgan xorijiy nohukumat tashkilotlar gumanitar xodimlariga jabrlangan hududlarni tark etishni buyurganligi ma’lum qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют