» » Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyida bo‘ldi


Shavkat Mirziyoyev Luvr muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri bo‘lmish Luvr Fransiyaning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”dir. U badiiy kolleksiyasi bo‘yicha jahonda birinchi, maydonining kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Ushbu muzeyga har yili qariyb 10 million sayyoh tashrif buyuradi.

Luvr muzeyida eramizdan avvalgi 7 asrdan hozirgi davrgacha mansub bo‘lgan 300 mingdan ziyod eksponat saqlanadi. Muzey zallarida ularning faqat 35 mingtasigina namoyish etiladi. “Miloslik Venera” haykali va Xammurapi qonunlari ustuni, Leonardo da Vinchining “Jokonda” va Yan Vermeyerning “Chevar qiz” kartinalari ular orasida eng mashhurlaridir.

Muzey eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Sharq kolleksiyasining o‘zi 24 ta zalni egallagan. U yerda O‘zbekiston tarixiga oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temurning Qirol Sharl VIga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron yasattirgan shamdonlardan biri, qadimiy qurol-aslahalar, qabrtoshlardagi bitiklar va boshqa buyumlar buyuk o‘tmishdan so‘zlaydi.

Davlat rahbari ushbu eksponatlarni tomosha qildi, ularning tarixi bilan qiziqdi. O‘zbekiston va Fransiya muzeylari hamkorligida ko‘rgazmalar tashkil etish, olimlar o‘rtasida ilmiy va madaniy aloqalarni kengaytirish zarurligini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют