» » Deputatlar ilm-fan, turizm, sud-huquq sohalarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini muhokama qildi

Deputatlar ilm-fan, turizm, sud-huquq sohalarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini muhokama qildi


9-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir qator dolzarb qonun loyihalari ko‘rib chiqilgan navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Oliy Majlis quyi palatasi majlisi kun tartibidan o‘rin olgan dastlabki masala — “Fan to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi deputatlarning qizg‘in bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.

Qonun loyihasi bilan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari, ilmiy xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish chora-tadbirlari hamda davlat ilmiy-texnikaviy ekspertizasi, ilmiy va ilmiy-texnik natijalarning ilmiy va ilmiy-texnik darajasini, iqtisodiy samaradorligi va amaliy ahamiyatini kompleks tarzda baholash va monitoring qilish belgilanmoqda. Shuningdek, yana bir muhim jihat — ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni moliyalashtirishning asosiy prinsiplari, manbalari va shakllari ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat sohasidagi huquqiy, moliyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tartibga solinishini ta’minlaydi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

So‘ngra deputatlar yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kirishdi.

Qonun loyihasida mamlakatda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun tashkiliy sharoitlar yaratish, turizm jabhasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, aniqligi va moslashuvchanligini ta’minlash, shuningdek, turizm sohasi subyektlari faoliyatining shaffofligini ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni shakllantirish hisobiga barcha darajadagi budjetlarga turizmdan tushadigan daromadlarni oshirish, qonunlarni turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquqiy hujjatlar bilan uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan normalar aks ettirilmoqda.

Shuningdek, deputatlar tomonidan majlis kun tartibiga kiritilgan “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalari birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют