» » Kim Chen In Pompeo bilan uchrashuvga sanksiya ostidagi Rolls-Royce’da keldi

Kim Chen In Pompeo bilan uchrashuvga sanksiya ostidagi Rolls-Royce’da keldi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuvga hashamat buyumlarini yetkazib berishni taqiqlovchi sanksiyalarga qaramasdan, Rolls-Royce Phantom avtomobilida keldi. Pxenyandan surat va videolarni o‘rganib chiqqan The Drive nashri xodimlari shunday xulosaga keldi. Bu haqda CNN ham xabar bermoqda.

Kim Chen In uchrashuvga kelgan avtomobil g‘ildiragida Rolls-Royce logotipi bo‘lganligi, mashinaning boshqa jihatlari ham shu markaga xos ekanligi ta’kidlanmoqda. Bunga qadar Shimoliy Koreya yetakchisi narxi million dollardan ortiq bo‘lgan Mercedes-Maybach Pullman Guard’da harakatlanganligi qayd etiladi.

The Drive’ning ta’kidlashicha, Kimning Pompeo bilan uchrashuvda Rolls-Royce’ning namoyish etilishi — tasodif emas. “Bu Shimoliy Koreyaning AQSh qo‘llab-quvvatlovchi sanksiyalar rejimiga bo‘ysunmasligining namoyishi edi”, — deyiladi materialda.

“Ularni xarid qilish BMTning Shimoliy Koreya hukumatiga hashamat buyumlari va avtomobillarni sotishni taqiqlovchi sanksiyalarini yaqqol buzish hisoblanadi”, — deya ta’kidlaydi CNN.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют