» » Ruslan Nurudinov, Vadim Menkov va Nadiya Dusanovaga “leytenant” harbiy unvoni topshirildi (foto)

Ruslan Nurudinov, Vadim Menkov va Nadiya Dusanovaga “leytenant” harbiy unvoni topshirildi (foto)


Bugun, 9-oktabr kuni Mudofaa vazirligida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, g‘oliblikka erishgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi Sport klubi sportchilari va ularning murabbiylarini sharaflashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdullo Sagdiyev ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubining 50 nafar a’zosi O‘zbekiston sharafini himoya qilib, 10 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lgan kiritgan edi. Bu mazkur Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan jami medallar sonining 48 foizi demakdir.

Mazkur Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha rekord o‘rnatgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar Ruslan Nurudinov, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining 4 karra g‘olibi Vadim Menkov hamda yengil atletikachi Nadiya Dusanovaga navbatdagi “leytenant” harbiy unvonlarini tantanali topshirdi.

“Bu yerda o‘tirgan sportchilarning qo‘lgan kiritgan yutuqlari haqida har birini alohida e’tirof berishimiz lozim. Ularga munosib shart-sharoitlarni yaratib berishda, sport turlarini yanada ommalashtirishda boshlagan ishimizni shu ruhda davom ettiramiz”, — dedi mudofaa vaziri.

Tadbir davomida Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda Olmaotada bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha 22-xalqaro turnirida munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilarga maishiy texnika buyumlari, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют