» » Parijdagi norozilik namoyishida politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi

Parijdagi norozilik namoyishida politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi


Parijdagi norozilik aksiyalari chog‘ida politsiya bezorilarni quvib yuborish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazni qo‘lladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Tinch namoyishchilar Raspay xiyoboni bo‘ylab piyoda yurish qilayotgan vaqtida kolonnaning boshiga qora kiyim kiyib, respirator taqib olgan bezorilar kelib qo‘shildi, shundan keyin havoda o‘tkir gaz tarqaldi. Ko‘p o‘tmay politsiyachilar kelib, bezorilarni o‘rab oldi.

Davlat ijtimoiy siyosatiga qarshi katta ko‘lamli namoyishlar Parijda 9-oktabr kuni mamlakatdagi eng yirik kasaba uyushmalari da’vati bilan boshlandi. Ko‘chalarga talabalar, pensionerlar, temir yo‘lchilar, tibbiyot xodimlari, ijtimoiy xizmatchilar, pochtalyonlar, pedagoglar va boshqa kasblar vakillari chiqdi.

Odamlar maosh va nafaqa to‘lovlari oshirilishini talab qilmoqda. Shuningdek, ular ishchilar o‘rtasida gender tengligi o‘rnatilishini va barcha uchun teng ta’lim olish imkoniyati ta’minlanishini yoqlab chiqmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют