» » Koreyaliklar Qo‘shrabotda dehqonchilik qiladi

Koreyaliklar Qo‘shrabotda dehqonchilik qiladi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkin Turdimov 9-oktabr kuni Janubiy Koreyaning qishloq xo‘jaligi, qurilish sanoati bilan shug‘ullanuvchi bir qator kompaniyalari rahbarlari va tadbirkorlarni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va teng sheriklikka asoslangan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Bugungi kunda Samarqand viloyatida ham Koreya Respublikasi ishbilarmonlari va yirik kompaniyalari bilan birgalikda sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-gumanitar sohalarda ko‘plab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

“Bizning O‘zbekistonga bu galgi tashrifimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorligimizni kengaytirishdan iborat, — deydi Janubiy Koreyadagi Kotec Platform korporatsiyasi direktori Park Sun Chul. — Buning uchun Samarqand viloyatini tanlab xato qilmaganimizni bugun Qo‘shrabot tumanida bo‘lib, yana bir bor his qildik. Ushbu hududdagi unumdor yer va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalansak, ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi”.

Loyihaga ko‘ra, Kotec Platform korporatsiyasi bilan birgalikda qo‘shma korxona tashkil etiladi. Buning uchun Samarqand viloyatidan 20 ming gektar yer ajratib beriladi. Ushbu maydonda dehqonchilik qilishga Koreyadagi 100 dan ortiq kompaniyalar jalb etiladi. Har bir gektar yer uchun o‘rtacha 45 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilib, zamonaviy texnologiyalar asosida poliz va meva-sabzavot ekinlari yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qadoqlash, qayta ishlash va saqlash uchun zavod va sexlar, muzlatgichli omborlar tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют