» » Xitoylik erkakning boshida 5 santimetrli mix aniqlandi

Xitoylik erkakning boshida 5 santimetrli mix aniqlandi


Xitoyning Xubey provinsiyasida yashovchi 43 yoshli sement zavodi xodimining boshidan mix topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Erkak bir hafta davomida bosh og‘irig‘idan qiynalgan. Shifokorga murojaat qilgach, kompyuter tomografiyasi tekshiruvi tayinlangan.

Tekshiruv natijalari shifokorlarni va bemorni hayratda qoldirgan. Uning bosh suyagi ichida 48 millimetrli mix borligi aniqlangan.

Bunda erkakning sog‘lig‘i bilan bog‘liq boshqa barcha ko‘rsatkichlar me’yorda bo‘lgan.

Xodim mixning qanday qilib boshiga kirib qolganini tushuntirib bera olmagan. Uning aytishicha, zavodda kuzatuv kameralarini nazorat qiladi va uning ishi mixlar bilan bog‘liq emas.

Erkak bosh suyakdagi begona jismni olib tashlash bo‘yicha operatsiyani kutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют