» » NASA rahbari Yerdan tashqarida hayot bo‘lishi mumkinligini aytdi

NASA rahbari Yerdan tashqarida hayot bo‘lishi mumkinligini aytdi


NASA rahbari Jim Braydenstayn Yer bilan bir qatorda, Quyosh tizimining boshqa joylarida hayot mavjud bo‘lishini istisno qilmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Uning aytishicha, Yerdan tashqarida yana boshqa hayotni aniqlash mumkin. Agar Quyosh tizimida boshqa bir hayotni aniqlashga muvaffaq bo‘linsa, bu AQSh va Rossiya hukumatlarining kosmik sohadagi siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hayot uchun eng mos keluvchi joy sifatida Yupiterning muz bilan qoplangan yo‘ldoshi Yevropani hisoblash mumkin. Muz qatlami ostida okean joylashgan bo‘lishi mumkin. NASA rahbarining qayd etishicha, Yevropa keyingi kosmik tadqiqotlarning nishoni bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, agentlik rahbari Marsda ham hayot mavjud bo‘lish ehtimolini istisno qilmagan. Uning ta’kidlashicha, Mars atmosferasidagi metan konsentratsiyasining oqimi sayyorda qish va yoz mavsumlarining o‘rin almashishiga ideal tarzda mos kelgan. Bu hozircha Qizil sayyorada hayot mavjudligi haqida gapirishga imkon bermaydi, biroq uning mavjudligi ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют