» » Chilonzorda yongan besh qavatli binoning dastlabki uch qavati to‘liq olov ichida qolgan

Chilonzorda yongan besh qavatli binoning dastlabki uch qavati to‘liq olov ichida qolgan


Toshkentning Chilonzor tumanida 23-fevral kuni Oliy xo‘jalik sudi binosi ortida joylashgan, “Qishloq qurilish loyiha” korxonasiga tegishli binoda yong‘in yuz berdi.

“Kun” nashrining Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, yong‘in haqidagi axborot Markaziy dispetcherlik xizmatiga 16:36 da kelib tushgan.

Oradan 10 daqiqa o‘tib hodisa joyiga ikkita o‘t o‘chirish avtoekipaji yetib kelganida, olov binoning dastlabki uch qavatini qamrab olgan bo‘lgan. Shundan so‘ng qo‘shimcha ekipajlar chaqirilgan.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, 17:13 da olovni o‘chirish uchun 12 ta avtoekipaj yetib kelgan. O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari bilan 18:06 da yong‘in qurshab olingan, 18:16 da esa butunlay o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida binoning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavatli to‘liq (800 kvadrat metr maydon) yongan, to‘rtinchi va beshinchi qavatlarning tashqi qismlari yong‘indan qisman zarar ko‘rgan. Yong‘in sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Aniqlik kiritishlaricha, binoning dastlabki uchta qavati libos tikishga ixtisoslashgan Hamza Collection kompaniyasiga tegishli, to‘rtinchi qavatda “DI-Ixlos” kompaniyasi faoliyat olib borgan, beshinchi qavatda O‘rmon xo‘jaligi loyiha instituti bo‘lgan. Binoning sharqiy qanotida Toshkent viloyati prokuraturasi joylashgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют