» » Google Pentagonning 10 mlrd dollarlik tanlovidan voz kechdi

Google Pentagonning 10 mlrd dollarlik tanlovidan voz kechdi


Google kompaniyasi AQSh mudofaa vazirligi tomonidan bulut hisoblash tizimini yaratish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

10 milliard dollarlik tanlov Joint Enterprise Defense Infrastructure loyihasi ustida ishlash uchun shartnoma taklif qiladi. Loyihaning maqsadi harbiylarning hisoblash qurilmalarini modernizatsiya qilish hisoblanadi. Tanlovda ishtirok etish uchun Amazon va Microsoft ham ariza topshirgan.

Google Pentagonning loyihasi sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi tamoyillarga muvofiq kelishiga kafolat bermaydi. Bundan tashqari, shartnomaning ba’zi qismlari Google’ning davlat sertifikatlari doirasidan chiqib ketadi.

Joriy yilning iyun oyida Google bosh direktori Sundar Pichai kompaniyaining sun’iy intellektdan foydalanish sohasidagi prinsiplarini ma’lum qilgan edi. Xususan, Google qurollar yoki odamlarga zarar yetkazadigan texnologiyalar yaratishda ishtirok etmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют