» » Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder O‘zbekistonga keladi

Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder O‘zbekistonga keladi


Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti mas’ul xodimlari Kari Tapiola, Anton Xauzen va Oksana Lipkanu bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuvda munosib mehnat bo‘yicha O‘zbekiston dasturini amalga oshirish jarayonlari, O‘zbekistonning XMT bilan konstruktiv, shu jumladan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha hamkorligiga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston rahbariyati va hukumati tomonidan munosib mehnat konsepsiyasi doirasida bolalar va ayollar mehnat huquqlarini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Joriy yil dekabr oyida XMT Bosh direktori Gay Rayder ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida munosib bandlikni ta’minlash: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taalluqli masalalar alohida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari aholi bandligi, munosib mehnati va ijtimoiy himoyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar jadal sur’atda olib borilayotganini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют