» » Tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston va Singapur oxirgi o‘rinlarda joylashdi

Tengsizlikni kamaytirish bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston va Singapur oxirgi o‘rinlarda joylashdi


Oxfam International mustaqil nohukumat xayriya tashkilotlari xalqaro guruhi jamiyatda boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqni kamaytirish muammosiga bag‘ishlangan The Commitment to Reducing Inequality Index 2018 tadqiqoti natijalarini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

Indeksda 157 ta mamlakat ijtimoiy xarajatlar, soliqlar, mehnat huquqlari va maosh sohalaridagi siyosatiga qarab joylashdi.

Birinchi o‘ntalikdan Daniya, Germaniya, Finlyandiya, Avstriya, Norvegiya, Belgiya, Shvetsiya, Fransiya, Islandiya va Lyuksemburg joy oldi.

Qayd etilishicha, Daniyaning siyosati progressiv soliqqa tortishni, mo‘l-ko‘l ijtimoiy to‘lovlar to‘lashni va ishchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi himoyalardan birini o‘z ichiga oladi.

So‘nggi o‘nta o‘rinni Nigeriya, O‘zbekiston, Gaiti, Chad, Syerra-Leone, Butan, Madagaskar, Laos, Singapur va Bangladesh egalladi.

Singapur siyosati soliq to‘lashdan bosh tortish imkonini berishi, eng kam oylik ish haqi esa faqat farroshlar va qo‘riqchilarda bo‘lganligi sababli indeksda oxirgi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston ijtimoiy xarajatlar bo‘yicha yaxshi natija ko‘rsatdi (157 tadan 42-o‘rin), ammo soliq siyosati, mehnat huquqlari va maosh borasida ko‘rsatkichlar yomon.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют