» » Foto: Finlyandiya prezidenti joy yo‘qligi sababli, zinada o‘tirib ma’ruza tingladi

Foto: Finlyandiya prezidenti joy yo‘qligi sababli, zinada o‘tirib ma’ruza tingladi


Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste 6-oktabr kuni Turku shahrida bo‘lib o‘tgan kitob yarmarkasi zalida joy yetishmaganligi natijasida zinada o‘tirib qolgani sababli jurnalistlar e’tiboriga tushdi, deb yozadi Big Pikcha.

Ma’lum bo‘lishicha, Niiniste teng huquqlilik mavzusidagi munozaralarda qatnashayotgan rafiqasi — shoira Yenni Xaukioni tinglash uchun kelgan. Ammo tadbir bo‘lib o‘tayotgan xonada u uchun joy topilmagan, shu sababli prezident boshqa ko‘pchilik qatorida zinaga o‘tirgan.

Davlat rahbarining zinada bemalol o‘tirgani aks etgan suratlar internetda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Finlyandiyaliklar bunday holat faqat ularning mamlakatida yuz berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Niinistening o‘zi o‘z xatti-harakatini oddiy qulaylik bilan izohladi. “Hammasi oddiy — zinada o‘tirish qulay. Boshqa tinglovchilar turib ketmoqchi bo‘lsa, yoningizdan bemalol o‘tishi mumkin”, — deb yozdi prezident Twitter’da.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют