» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ehtikor (monopoliya) harom qilingan

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ehtikor (monopoliya) harom qilingan


Savdoda harom qilingan ishlardan biri ehtikor (monopoliya)dir. Bu haqda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf fikr yuritgan.

Ma’mar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:Kim ehtikor qilsa, o‘sha xatokordir, dedilar”.

Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.

“Ehtikor” lug‘atda “ushlab turish” degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa sotib olingan narsaning narxini oshirish uchun uni qasddan sotmay, ushlab turishga “ehtikor” deyiladi.

Ushbu ta’rifdan ehtikor bo‘lmaydigan holatlar ham ayon bo‘ladi:

O‘zi yetishtirgan narsani ushlab turish ehtikor emas;

Qayta sotish uchun emas, o‘z ehtiyoji uchun sotib olgan narsani ushlab turish ham ehtikor emas;

Boshqa yurtdan sotib olib kelingan narsani ushlab turish ham ehtikor emas. Agar doimiy ravishda olib keladigan odam bo‘lsa-yu, narxni sun’iy ravishda oshirish maqsadida ushlab tursa, bu ehtikor bo‘ladi.

Ulamolarimiz xalq ommasining ehtiyoji ko‘proq tushadigan narsalar, xususan, oziq-ovqatning ehtikoriga alohida, boshqa narsalarning ehtikoriga alohida qaragan. Birinchisini mutlaqo mumkin emas, desalar, ikkinchisini qimmatchilik vaqtida mumkin emas, deganlar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют