» » “O‘zstandart” muloqotsiz xizmat tizimini yo‘lga qo‘ydi

“O‘zstandart” muloqotsiz xizmat tizimini yo‘lga qo‘ydi


“O‘zstandart” agentliginining Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarning shtrixli kodlarini original maketlarini yasash va ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar shtrixli kodlari davlat reyestriga kiritish bo‘yicha xizmatini tajriba tariqasida “Muloqotsiz xizmat” tizimida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi tomonidan rejalashtirilayotgan muloqotsiz xizmat ko‘rsatishga o‘tilishi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi:

Har bir tadbirkor uchun alohida “Shaxsiy kabinet” mavjudligi;

Xizmat ko‘rsatishga “Shaxsiy kabinet”dan onlayn buyurtmalarni yuborish va buyurtmalar holatini kuzatib borish;

Buyurtma berish blankalarini, shartnomalarni, hisob-fakturalarni, bajarilgan ishlar dalolatnomalarini istalgan miqdorda “Shaxsiy kabinet” orqali yuklab olib, chop etish;

Xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa turdagi ma’lumotlarni — nechta buyurtma berilgan, shartnomalar rasmiylashtirilgan, qancha pul to‘langan kabi boshqa ma’lumotlarni ham “Shaxsiy kabinet” orqali kuzatib boshqarish.

Bajaruvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi hisob-kitoblar solishtirma dalolatnomalarini bajaruvchining ishtirokisiz, istalgan hisobot yili, shartnomalar bo‘yicha shakllantirish imkoniyatlari mavjud.

Bundan tashqari Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazining yangilangan veb-sayti ishga tushirildi. Veb-sayt orqali shaxsiy kabinetga kirish, onlayn buyurtmalar yuborish, “O‘zstandart” agentligi yangiliklaridan xabardor bo‘lib turish hamda agentlik tizimidagi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ko‘rsatgichlari bilan tanishish imkoniyati mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют