» » OAV: Rossiya Liviyaga harbiy xizmatchilarini yubordi, uni “yangi Suriya”ga aylantirmoqchi

OAV: Rossiya Liviyaga harbiy xizmatchilarini yubordi, uni “yangi Suriya”ga aylantirmoqchi


The Sun Britaniya hukumatidagi manbasiga tayanib, Rossiya Liviyaga o‘nlab maxsus topshiriqli bo‘linmalar jangchilarini va Bosh shtab bosh boshqarmasining boshqa xodimlarini yuborganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Rossiyaning Liviyadagi kontingenti mamlakat sharqini nazorat qiluvchi feldmarshal Xalifa Xaftarning qo‘shinlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Rossiya Xaftarning armiyasiga qurol yetkazib beradi. Bundan tashqari, Liviya sharqida Rossiyaning ikkita harbiy bazasi bor, deb yozadi The Sun.

Britaniya maxsus xizmatlari bosh vazir Tereza Meyni Rossiyaning Liviyadagi ehtimoliy faolligi haqida ogohlantirgan. Ularning fikricha, Moskva Afrika mamlakatini “yangi Suriya”ga aylantirmoqchi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Yevropaga Liviya orqali yo‘l olgan noqonuniy muhojirlar oqimini, shuningdek, ushbu mamlakatdan neft eksportini nazorat ostiga olmoqchi.

Rossiyalik harbiylarning Liviyadagi ishtirokini “RBK”ning Rossiya mudofaa vazirligi va Liviya hukumatiga yaqin manbasi ham tasdiqladi. Ammo davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Yuriy Shvitkin Liviyada rossiyalik harbiylar yo‘qligini ta’kidlab, Liviyani “yangi Suriya”ga aylantirish rejalari haqidagi xabarni rad etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют