» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izchil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish, buning uchun avvalo savdo, investitsiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va mustahkamlash lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

Asqar Mamin samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etdi va Qozog‘iston O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют