» » Samarqandda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tashkil qilingan un qadoqlash sexi aniqlandi

Samarqandda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tashkil qilingan un qadoqlash sexi aniqlandi


Samarqand shahar, Shabot ko‘chasi 70-uyda fuqaro S.P. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan un qadoqlash sexi tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Daryo”ga ma’lum qildi. Kamiga uddaburon tadbirkor unni Qozog‘istonning “Dani-nan” brendi tushirilgan 2 va 5 kilogrammlik qoplarga qadoqlab sotishni yo‘lga qo‘ygan.

O‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida ushbu fuqarodan 20 turdagi 139 million 21 ming so‘mlik tayyor va yarim tayyor un mahsuloti daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Shuningdek, Urgut tumani, Jartepa mahallasida joylashgan savdo do‘konida fuqaro A.S. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan alkogol va salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullangan. Fuqarodan 6 million 799 ming 300 so‘mlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

— Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan tadbirkorlarning soliqqa oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda, — deydi bo‘lim boshlig‘i Shamil Mutalibov. — Birgina joriy yil oktabr oyining 5-sanasiga qadar 15 nafar ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotganlar aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют