» » Buxoroda o‘quvchilarning soliq to‘lovlari mavzusidagi diktantlarini o‘qituvchilar emas, balki ota-onalari baholadil

Buxoroda o‘quvchilarning soliq to‘lovlari mavzusidagi diktantlarini o‘qituvchilar emas, balki ota-onalari baholadil


Buxoro viloyatining 529 ta umumta’lim muassasalarida hududiy davlat soliq inspeksiyasining malakali mutaxassislari ishtirokida 2—11-sinf o‘quvchilarining soliqqa oid bilimlarini mustahkamlash, ularning jamiyat hayotidagi soliqlarning o‘rni, soliqlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida ko‘nikma va tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan “Ochiq darslar” tashkil etildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur jarayonda 278 ming 226 nafar o‘quvchilar soliq haqidagi o‘z qarashlarini diktant yozish orqali namoyon etdi.

Eng qizig‘i,  o‘quvchilarning soliqlarni muntazam to‘lab borish har bir fuqaroning konstitutsion burchi ekanligi, shahar-u qishloqlarning kun sayin chiroy ochib borishi va fuqarolarning farovon turmush kechirishlarida soliq to‘lovlari muhim o‘rin tutishi mavzusidagi diktantlarini ularning o‘qituvchilari emas, balki ota-onalari baholaydi.

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi ushbu tadbir orqali ota-onasini soliq to‘lashga undagan o‘quvchilarni qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirishni ham ko‘zda tutgan.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida davlat soliq xizmatining malakali xodimlari ishtirokida “Ochiq darslar” shaklida tashkil etilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют