» » “Tramadol” yutayotgan o‘smirlar yoxud Chilonzordagi psixotrop dorilar “nuqta”si

“Tramadol” yutayotgan o‘smirlar yoxud Chilonzordagi psixotrop dorilar “nuqta”si


Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (Drivers.uz) guruhi foydalanuvchisi Chilonzor tumanidagi “Shuhrat” chorrahasi yaqinidan mashinasida o‘tib ketayotib, voyaga yetmagan o‘smirlarga psixotrop tabletkalar sotilayotganiga guvoh bo‘lgani haqida yozdi.

Qayd etilishicha, ular yaxshi kiyingan 16—17 yoshli bir qiz va bir yigit bo‘lgan. Yoshlar dorilarni yo‘l-yo‘lakay qo‘llaridagi ichimlikka qo‘shib ichib yuborgan. Va tezgina taksi to‘xtatib, o‘tirib ketishgan.

“Ular yerga tashlab yuborgan dorining bo‘shagan qadog‘ini olib qaradim. Kutganimdek, “Tramadol” bo‘lib chiqdi”, — deb yozdi muallif. Ta’kidlanishicha, bunday dorilarni uning yonginasida qaynab-toshib sotib o‘tirishgan. “Xaridorlar ko‘pligidan ularning qo‘li-qo‘liga tegmaydi, bu esa juda qayg‘uli”, — deyiladi xabarda.

Foydalanuvchi militsiya chaqirgan. Patrul mashinasi yetib kelgan. Patrul xodimini ko‘rib, “sotuvchilar” istar-istamas 3—4 metr nariga tarqalgan, xolos. Militsioner muallifning savoliga javoban, ularni qo‘lga olish befoydaligi, qonunda ular uchun javobgarlik ko‘zda tutilmaganligini aytgan.

Postga izoh yozganlarning ko‘pchiligi bu holatdan xabardor bo‘lib chiqdi. Ularning qayd etishicha, “Shuhrat” yaqinida 20 yildan buyon shunday psixotrop moddalar sotilib kelinadi va shuncha vaqt ichida ularga nisbatan chora ko‘rilmagan.

Foydalanuvchilarning ba’zilari Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli moddani tezroq kiritishni qat’iyan taklif qilgan bo‘lsa, qolganlar bundan foyda bo‘lmasligini aytib, ko‘ngilli guruhlar tashkil qilish orqali psixotrop moddalar sotuvchilariga qarshi kurashish lozimligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют