» » Fransiyaning O‘zbekistondagi maktabi yoxud G‘ijduvon tumanidagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab

Fransiyaning O‘zbekistondagi maktabi yoxud G‘ijduvon tumanidagi fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab


Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 62-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida  fransuz tili chuqur o‘rgatiladi. Uni Fransiyaning O‘zbekistondagi maktabi deb atashadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Qishloq maktabining Fransiyadagi bir qator yetakchi o‘quv muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatganiga ham yigirma yildan oshdi. Elchixona xodimlari va fransuz mutaxassislarining kelishlari bu yerda an’ana tusini olgan. Maktabda elchixona tashabbusi bilan bir necha bor fransuz tili o‘qituvchilarining respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy seminarlari o‘tkazilgan. Shu boisdan ham bu dargohga Fransiyaning O‘zbekistondagi maktabi deya ta’rif berishadi. Bu maktabda o‘qish istagidagi o‘g‘il-qizlar esa ko‘p. Ular davlat test markazi tomonidan maxsus sinovlardan o‘tkazilib, maktabga qabul qilinadi. Bilim dargohi o‘quvchilari safida nafaqat Buxoro, balki qo‘shni viloyatlardan kelgan yoshlarni ham uchratish mumkin.

“O‘ndan ziyod o‘quvchilarimiz respublika fan olimpiadalari, “Bilimlar bellashuvi”da g‘olib bo‘lishgan. Keyingi yillarda erishilgan yutuqlardan yana biri ikki nafar fransuz tili o‘qituvchimiz “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib chiqqanidir. Shodiyor Nishonboyev, Gulnoza Rahmonova singari fransuz tili o‘qituvchilarining tajribasi viloyat miqyosida o‘rganilib, ommalashtirilgan. Shu maktabni tashkil etishda bosh-qosh bo‘lgan rahmatli ustozimiz Said Rahmonov esa respublikamiz umumta’lim maktablari fransuz tili darsliklarini modernizatsiya qilish tashabbuskori sanaladi”, — deydi maktab-internat direktori M. Muxtorov.

Darhaqiqat, Fransiyada bo‘lib, tajriba to‘plagan va mazkur maktab-internatga uzoq yillar rahbarlik qilgan, “El – yurt hurmati” ordeni sohibi S. Rahmonov tashabbusi bilan 6 va 9-sinf fransuz tili darsliklari, o‘ndan ziyod o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, multimedia ilovalar, proyeksion ko‘rgazmalar jamlanmalari yaratildi. U 2002-yilda Fransiyaning “Palm – Akademik” ordeni bilan taqdirlangan.

Maktab jamoasi ayni paytda O‘zbekiston — Fransiya aloqalarini mustahkamlashga o‘z ulushini qo‘shyapti, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют