» » Noqonuniy valyuta sotishga uringan Sergelidagi “Ipoteka bank” mudiri ushlandi

Noqonuniy valyuta sotishga uringan Sergelidagi “Ipoteka bank” mudiri ushlandi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi DXX Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mudiri va valyutafurush Akmal Asqarovning qing‘irliklari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamenti axborotiga ko‘ra, ATB “Ipoteka bank”ining Sergeli filialiga qarashli mini bank mudiri Akmal Asqarov har bir AQSh dollarini 8300 so‘mdan hisoblab, 12 ming AQSh dollarini 99 million 600 ming so‘mga sotishni ko‘zlagan edi. Lekin, reja amalga oshmadi. Bu ham yetmagandek, bank mudiri yana noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallagan 12 ming 601 AQSh dollaridan ham ayrildi. Tezkor tadbir davomida qonunbuzardan jami 24 ming 601 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Yana bir holat, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda huquqbuzar Sherali Ernazarov har bir AQSh dollarini 7988 so‘mdan hisoblab, jami 7600 AQSh dollarini 60 million 708 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Departament xodimlarining keyingi o‘ljasi esa 7500 AQSh dollarini 60 million so‘mga pullayotgan qarshilik Otabek Qodirov va Namoz Sherqulovlar bo‘lishdi. Tadbir davomida valyutafurushlardan 2000 qozoq tengesi va 7500 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda yuqorida ko‘rsatilgan barcha holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют