» » Chilonzordagi binoda yuz bergan yong‘in oqibatida 16 kishi jabrlandi

Chilonzordagi binoda yuz bergan yong‘in oqibatida 16 kishi jabrlandi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi besh qavatli ma’muriy binoda yuz bergan yirik yong‘in oqibatida 16 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, yong‘in vaqtida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 70 kishi qutqarilgan.

Ulardan 14 nafariga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazida birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ikki kishi travmatologiya bo‘limiga joylashtirilgan, birinchi yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, ulardan biri uyiga yuborilgan.

Avvalroq, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in haqidagi axborotni 16:46 da qabul qilgani, 18:16 da yong‘in to‘liq o‘chirilgani haqida xabar berilgan edi. Yong‘in oqibatida binoning dastlabki uch qavati to‘liq yongan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют