» » Termizda Markaziy Osiyo yoshlarining do‘stlik forumi boshlandi

Termizda Markaziy Osiyo yoshlarining do‘stlik forumi boshlandi


Termiz shahridagi xalqaro yoshlar oromgohida Markaziy Osiyo yoshlarining do‘stlik forumi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Tadbirga qo‘shni Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan faol yoshlar “Termiz” xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Forum ishtirokchilari 5 kun davomida o‘zaro fikr almashib, salomatlik, sport va tabiat muhofazasi muammolari yechimlarini muhokama etadi. Fan, ta’lim, madaniyat kabi sohalarning yangi yutuqlari va eng yaxshi ta’lim modellari taqdimotlarini o‘tkazadi. Yosh kinematograflar taqdimoti, yosh diplomatlarning “O‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash” mavzusidagi forumi o‘tkaziladi.

—“Muammolarni hal etishda ko‘ngilli yoshlarni jalb etish mexanizmlari” mavzusida ma’ruza tayyorlab kelganman, — deydi afg‘onistonlik Saodatzoda Saidjamoliddin. — Har bir mamlakat yoshlarining o‘ziga xos dunyoqarashi bor. Ushbu forum qo‘shni davlatdagi tengdoshlar bilan suhbatlashish, tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Tadbir doirasida milliy raqs va milliy liboslar ko‘rgazmalari, maqom kechasi tashkil etish, Termiz davlat universitetida ilmiy konferensiya o‘tkazish, ishtirokchilarni tarixiy obidalar va zamonaviy inshootlar bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.

Forum 15-oktabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют