» » 28-oktabrda “Barselona” va “Liverpul”ning sobiq futbolchisi O‘zbekistonga keladi

28-oktabrda “Barselona” va “Liverpul”ning sobiq futbolchisi O‘zbekistonga keladi


Joriy yildan boshlab O‘zbekiston Professional futbol ligasi va Ispaniya La Ligasi yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Hamkorlik doirasida shu yilning 28-oktabr kuni “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida ko‘rsatgan mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi, endilikdagi La Liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga keladi va o‘zbekistonlik yosh “charm to‘p” ustalariga mahorat darslari o‘tib beradi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

La Liga hamda PFL hamkorligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur mahorat darslari “Milliy”(sobiq “Bunyodkor”) stadionida bo‘lib o‘tadi. Yaqin o‘tmishning mashxur yarim himoyachilaridan biri Luis Garsiya yosh futbolchilarga o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib,ular bilan ko‘rgazmali uchrashuvda maydonga tushadi.

Bundan tashqari Luis Garsiya tashrifi doirasida matbuot anjumani o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют