» » Rossiyaning “Siloviye mashini” kompaniyasi Sirdaryo IESni modernizatsiya qiladi

Rossiyaning “Siloviye mashini” kompaniyasi Sirdaryo IESni modernizatsiya qiladi


O‘zbekiston hukumati Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 219 million dollarlik loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Shartnoma Rossiyaning “Siloviye mashini — ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” OAJ bilan tuzildi, u Sirdaryo Issiqlik elektr stansiyasining oltita energoblokini 177,1 million dollarga modernizatsiya qilib, ularning quvvatini 300 MVtdan 325 MVtgacha ko‘paytirishi kerak.

Loyiha “O‘zbekenergo”ning 10,8 million dollarlik o‘z mablag‘lari, Rossiya “Vneshekonombank”ining 132 million dollar, O‘zbekiston Milliy bankining 22,2 million dollar va “O‘zsanoatqurilishbank”ning 22,2 million dollar kreditlari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Loyiha 2018—2021-yillar davomida uchta bosqichda amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют