» » Samarqandda Qozog‘iston uni brendidan noqonuniy foydalanib kelgan tadbirkorning siri fosh bo‘ldi

Samarqandda Qozog‘iston uni brendidan noqonuniy foydalanib kelgan tadbirkorning siri fosh bo‘ldi


Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar aniqlandi.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha, Samarqand shahar Shabot ko‘chasi 70-uyda fuqaro S.P. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan un qadoqlash sexi tashkil qilgan. Uddaburon tadbirkor unni Qozog‘istonning “Dani-nan” brendi tushirilgan 2 va 5 kilogramlik qoplarga qadoqlab sotishni yo‘lga qo‘ygan.O‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida ushbu fuqarodan 20 turdagi 139 million 21 ming so‘mlik tayyor va yarim tayyor un mahsuloti daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Shuningdek, Urgut tumani, Jartepa mahallasida joylashgan savdo do‘konida fuqaro A.S. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan alkogol va salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullangan. Fuqarodan 6 million 799 ming 300 so‘mlik mahsulotlar daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo‘yildi.

“Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan tadbirkorlarning soliqqa oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda. Birgina joriy yilning 5-oktabriga qadar 15 nafar ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar aniqlandi. Ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijasida budjetga 9 million so‘mga yaqin qo‘shimcha mablag‘ jalb etildi”, — deydi bo‘lim boshlig‘i Shamil Mutalibov.

Tadbirkorlikning noqonuniy faoliyatini oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют