» » Buxoro IIB tibbiyot bo‘limi “Ozodlik”da e’lon qilingan maqolaga javob qaytardi

Buxoro IIB tibbiyot bo‘limi “Ozodlik”da e’lon qilingan maqolaga javob qaytardi


Buxoro IIB tibbiyot bo‘limi “Ozodlik”da 8-oktabr kuni e’lon qilingan bo‘lim xodimlarining paxta terimiga majburan jalb qilinayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

“Buxoro viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida 150 nafardan ortiq shahodatlangan va erkin yollangan ishchi xizmatchilar mavjud bo‘lib, shulardan 50 nafar shahodatlangan va erkin yollangan ishchi xizmatchilar 2018-yilning 6—7-oktabr (shanba, yakshanba) kunlari o‘z tashabbuslari va ixtiyorlari bilan paxta terimiga chiqdi. Paxta terimiga chiqqan xodimlar 2 kun davomida maxsus ajratilgan avtobuslarda paxta dalalariga olib borilib, ularga bepul tushlik va kerakli shart-sharoitlar yaratildi. Terimchilarga tergan har bir kilogramm paxta uchun 750 so‘mdan terim pullari tarqatildi.

Hech kim paxta yig‘im terimiga majburan olib chiqilmagan hamda terimga chiqmaganlar mukofot pulidan mahrum qilinishi to‘g‘risida xodimlarga aytilmagan”, — deyiladi “Daryo”ga taqdim etilgan rasmiy bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют