» » Ozbekistonda nafaqalar va moddiy yordam tayinlangan fuqarolar haqidagi malumotlar elektron reyestri yuritiladi

Ozbekistonda nafaqalar va moddiy yordam tayinlangan fuqarolar haqidagi malumotlar elektron reyestri yuritiladi


Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Kam taminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va tolash tartibi togrisida nizomga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qaror loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Loyihada nafaqalar va moddiy yordam ariza beruvchining yashash (doimiy propiska yoki vaqtincha (turgan joyi boyicha) hisobga olingan) joyi boyicha fuqarolarning ozini ozi boshqarish organi tomonidan tayinlanishi, vaqtincha (turgan joyi boyicha) hisobga olingan joydan ariza bilan murojaat qilganda, doimiy propiskadan otgan joyidan nafaqalar va moddiy yordam tayinlanmaganligi haqida malumotnoma taqdim etishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, hujjatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning joylardagi organlari tomonidan nafaqalar va moddiy yordam tayinlangan va tolangan fuqarolar haqida malumotlar elektron reyestri yuritilishini belgilovchi norma kiritilmoqda.

Elektron reyestrning joriy etilishi fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari tomonidan byudjet mablaglarining maqsadsiz sarflanishi va soxta malumotlar berilishi holatlari oldi olinadi.

Kam taminlangan oilalarning propiskadan otgan joyidan qatiy nazar, ularning moddiy va mulkiy holatini toliq organish hamda haqiqatdan ehtiyojmand va davlat komagiga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga oz vaqtida zarur moddiy yordam korsatish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi haqiqatdan ehtiyojmand va davlat komagiga muhtoj bolgan kam taminlangan oilalarning davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishi taminlanishiga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-10-2018, 14:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -