» » “Toshshahartransxizmat” xodimasini haqoratlagan Damas haydovchisiga 3 sutka qamoq jazosi tayinlandi

“Toshshahartransxizmat” xodimasini haqoratlagan Damas haydovchisiga 3 sutka qamoq jazosi tayinlandi


Mirzo Ulug‘bek tuman ma’muriy sudi poytaxt bekatlaridan birida “Toshshahartransxizmat” xodimi bo‘lgan ayolni haqoratlagan Damas haydovchisi va yo‘lovchisi bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Haydovchi, 25 yoshli Husniddin mayda bezorilik sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ayolni haqoratlashda ishtirok etgan yo‘lovchi Umidbek A. esa eng kam ish haqining ikki barobari miqdoridagi jarima bilan jazolandi.

Shuningdek, jamoat transporti bekatida to‘xtab turgani uchun Husniddin H. va boshqa bir haydovchi — 35 yashar Abdumajid A.ga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Mazkur hodisaning yana bir qatnashchisi — Toshkent metropoliteni qo‘riqlash bo‘limi xodimi tegishli yo‘riqnomaga asosan ish ko‘rgan: postni tashlab, mojaroga munosabat bildirgan va patrul-post xizmati naryadini chaqirgan. Shundan so‘ng tortishuv yakun topgan deb hisoblab, vazifasini o‘tash uchun qaytgan.

Afsuski, bekatda turgan erkaklardan hech biri janjalga aralashib, ayolni himoya qilish, haydovchiga esa tanbeh berishni o‘ziga ep ko‘rmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют