» » Xalq ta’limi vazirligi: Maktablarni qishki mavsumga tayyorlash uchun hokimlar shaxsan mas’ul

Xalq ta’limi vazirligi: Maktablarni qishki mavsumga tayyorlash uchun hokimlar shaxsan mas’ul


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 5-sentabrda imzolangan “Xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda maktablarning holati uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar aniq ko‘rsatilgan, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Farmonning 3-bandida ko‘rsatilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko‘maklashishga mas’ul ekanligi belgilangan.

Qolaversa, xalq ta’limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmasini (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;

Xalq ta’limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash;

tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta’limi muassasalarini o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o‘z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;

Umumta’lim muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, shu jumladan hududlar atrofini o‘rash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yo‘llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni o‘rnatish chora-tadbirlarini ko‘rish kabi bir qator vazifalar belgilangan.

Maktablarning infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini yaxshilash muhimligini hisobga olgan holda, hokimliklarning ushbu muassasalarning rivojlanishi uchun investitsiyalar va homiylik faol jalb etishi kutilmoqda.

“Afsuski, ayrim xodimlar bu sohada muammoli masalalarni yashirish uchun noto‘g‘ri hisobotlar kiritishi ham mumkin. Shu bois, vazirlik jamoatchilikni va ota-onalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda faolroq bo‘lishga va mahalliy hokimiyat idoralari maktablarni tayyorlashda o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishi uchun har bir maktab kontekstida bu masalalarni ko‘rsatishlarini so‘raydi.

O‘qituvchilar va maktab direktorlari Telegram messenjeri orqali ‘Ustoz ovozi’ virtual inspektori yordamida shikoyatlarni yuborishda foydalanishlari va qurilish-ta’mirlash ishlarining kamchiliklari muammolari to‘g‘risida, shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun maktablarni tayyorlash bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligini xabardor qilishlari mumkin, bu esa obyektiv manzarani yaratishga yordam beradi.

Xalq ta’limi vazirligi mahalliy hokimliklarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarga yaxshi ta’lim olishlari va ularga qulay sharoitlarni yaratish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют