» » Farg‘onada Prezident farmoni bilan afv etilgan 27 nafar mahkum oilasi bag‘riga qaytdi

Farg‘onada Prezident farmoni bilan afv etilgan 27 nafar mahkum oilasi bag‘riga qaytdi


Farg‘ona viloyatida Prezidentning “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 27 nafar shaxs afv etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan 27 kishi yashash manziliga yetib kelgan. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan to‘liq tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi. Har bir afv etilgan fuqaroga mahalliy hokimliklar huzuridagi ijtimoiy ko‘nikma markazlari tomonidan eng kam oylik ish haqining 6 barobarigacha miqdorida pul mablag‘lari berildi.

Ozodlikka chiqqan shaxslarning barchasiga fuqarolik pasportlari berilib, doimiy ish bilan ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют