» » IELTS imtihoniga tayyorlanishda nimalarga e’tibor berish kerak?

IELTS imtihoniga tayyorlanishda nimalarga e’tibor berish kerak?


IELTS (International English Language Testing System) — bu ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini tekshirish uchun mo‘ljallangan ingliz tilini sinovdan o‘tkazish xalqaro tizimi. Ayni paytda IELTS sertifikatini olish nafaqat chet elda o‘qish va ishlash uchun, balki O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish yoki nufuzli lavozimga o‘tish uchun ham zarurdir. Maqolamizda biz imtihonga tayyorlanishning maqbul yo‘llari haqida gapiramiz.

IELTS formatiga tayyorlanishni boshlashdan oldin o‘z-o‘zingizdan ingliz tili darajangiz zarur ballga da’vogarlik qilish uchun yetarli yoki yetarli emasligini so‘rang. Tilni qay darajada bilishingizni mana bu saytda aniqlashingiz mumkin: http://www.cambridgeenglish.org.ru/test-your-english/.

Iloji boricha ko‘proq testlarni imtihonga maksimal darajada o‘xshash bo‘lgan sharoitda yeching (vaqtni belgilab qo‘ying). Shuningdek, to‘g‘ri javoblarni blankaga ko‘chirib yozishni mashq qiling.

Shuni yodda tutingki, test topshirig‘ida matndagi so‘z va iboralarning aynan o‘zini topa olmasligingiz mumkin, savollar boshqacha ko‘rinishda ifodalanadi. Bu odam matnda gap nima haqida ketayotganini haqiqatan ham tushunib yetganligini tekshirish uchun qilingan.

IELTS’ning Reading bo‘limidagi topshiriqlar turlarini tushunib oling. Shulardan biriga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. True / False / Not Given turidagi topshiriqda False va Not Given’ni adashtirib yubormaslik muhim. Birinchi holatda gap matndagi ma’lumotga zid bo‘ladi, ikkinchisida esa — bu haqda matnda hech narsa aytilmaganligi nazarda tutiladi.

Tayyorgarlik ko‘rishda namuna tariqasida berilgan matnlardan tashqari, asl matnli adabiyotlarni ham ko‘proq o‘qing, bular Internet yoki jurnallardan olingan turli maqolalar, badiiy asarlar ham bo‘lishi mumkin.

Inglizcha nutqni tinglang: subtitrli Amerika va Britaniya seriallarini tomosha qiling, ingliz tilida gapiruvchi videobloggerlarni kuzating hamda xorijiy yangiliklar va ko‘rsatuvlarni ko‘rib boring.

Eng asosiysi, tilni yaxshi bilgan tanishlaringiz yoki shu tilda so‘zlashuvchi kishilardan yordam so‘rashdan uyalmang va qo‘rqmang. Imkoni boricha ko‘proq inglizcha suhbatlashing, maqolalar o‘qing, ko‘rsatuvlar tomosha qiling.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют