» » “Toshkеnt Avtosavdo” MChJ raisi qator qoidabuzarliklar uchun ishdan bo‘shatildi

“Toshkеnt Avtosavdo” MChJ raisi qator qoidabuzarliklar uchun ishdan bo‘shatildi


“O‘zavtosanoat” AJ dilerlik markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlash borasidagi amaliy harakatlarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

“Toshkent Avtosavdo” MChJga amalga oshirilgan ko‘chma tekshiruv chog‘ida tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi va buning natijasida ushbu korxonaga yangi boshqaruv raisi Dilshodbek Bakiyev tayinlandi.

Dilerlik korxonasida mavjud hujjatlar o‘rganilganda 2018-yilning avgust-sentabr oylarida sotilgan avtomobillar bo‘yicha tuzilgan noqonuniy hujjatlar mavjudligi, sotilgan avtomobillar bo‘yicha to‘lov rejasida qoidabuzarliklar, avtomobillarni sotish bo‘yicha tizimli ishlar ta’minlanmaganligi, o‘tkazilayotgan aksiyalarning qoidalariga qat’iy amal qilinmaganlik, mijozlarga avtomobil xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ri ma’lumot taqdim etilmaganlik hamda call-markaz mavjud emasligi kabi holatlar aniqlandi.

Shuningdek shartnomalarni rasmiylashtirishda bir qator qoidabuzarliklar, xususan, avtosalon muhri, mijozlar imzosi, pasport nusxalari hamda to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi hujjatlarning yo‘qligi namoyon bo‘ldi. 37 dona avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma xaridorlar ishtirokisiz tuzilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek avtomobillarni sotishda ilova qilingan hujjatlarda mijozlarning imzolari soxtalashtirilganligi ehtimoli tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют